Pokistonda poyezd relsdan chiqib ketdi. Halok bo‘lganlar bor (video)
Olam
−
14:32 572 1 daqiqa
Bugun, 13 oktyabr kuni Pokistonning Panjob viloyatida yo‘lovchi poyezdining relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi va 30 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Geo” telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, poyezd Karachidan Peshavorga qarab harakatlanayotgan bo‘lgan. Yo‘lovchilardan birining so‘zlariga ko‘ra, hodisa bugun, 12 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 05:15 atrofida sodir bo‘lgan.
“Seshanbaga o‘tar kechasi Mo‘ltondagi Sher-Shoh ko‘prigi yaqinida poyezdning barcha 14 ta vagoni relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida olti nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi va yana 30 kishi jarohat oldi”, deyiladi telekanal xabarida.
“Geo”ning yozishicha, jarohatlanganlar Mo‘ltondagi shifoxonaga yetkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Fransiyada 186 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida 44 kishi jarohatlangan edi.
Live
Barchasi