Pokistonda qurolli guruhlar o‘rtasidagi otishmada o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
Olam
−
23 noyabr
2537Bugun, 23 noyabr kuni Pokistonning shimoli-g‘arbiy qismidagi Xayber-Paxtunxva viloyatida joylashgan Kurram tumanida qurolli guruhlar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.
Qayd etilishicha, to‘qnashuvlar oqibatida kamida 33 kishi halok bo‘lgan va 25 kishi yaralangan. Jangarilar bir-biriga quroldan o‘q otib, atrofdagi do‘konlar va uylarga o‘t qo‘ygan.
"Kurramdagi ta’lim muassasalari jiddiy keskinlik tufayli yopildi. Ikkala tomon ham bir-birlarini qurol bilan o‘qqa tutmoqda", degan mahalliy politsiya.
Ma’lumot uchun, joriy yilning yozidan beri Pokistonning Afg‘oniston bilan chegaradosh Kurram tumanidagi to‘qnashuvlar oqibatida 150 ga yaqin odam halok bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 21 noyabr kuni ushbu hududda ichida yo‘lovchisi bo‘lgan transport vositalariga qurolli hujum amalga oshirilgandi. Hujumda kamida 42 kishi halok bo‘lgan, yana 20 kishi jarohat olgan.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi