Pokistonda qor ostida qolib o‘layotganlar 23 nafarga yetdi

Olam

image

Avvalroq, Pokistonning shimoliy tog‘li hududida joylashgan Murri shahrida kuchli qor yog‘ishi oqibatida odamlar vafot etayotgani haqida xabar bergan edik. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qor ostida qolib qurbon bo‘lganlar 23 nafarga yetgan. 

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, Islomobod poytaxtidan 70 km uzoqlikda joylashgan Murri kurort shahri, shuningdek, Galyat viloyatida 7 yanvar kuni kechqurundan boshlab qor yog‘ishi davom etmoqda. 

Kuchli qor tufayli odamlar tirbandlikda qolib ketishdi, ulardan 23 nafari sovuqdan vafot etdi. Halok bo‘lganlar orasida politsiyachi, uning rafiqasi va besh farzandi bor. 

Viloyat hokimiyati ma’lumotlariga ko‘ra, noqulay ob-havo tufayli mehmonxonalarga ko‘chib o‘tishga qaror qilgan boshqa haydovchilar tomonidan yo‘llarda qolib ketgan avtomashinalar tirbandlikka sabab bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, sayyohlik hududiga 125 mingdan ortiq avtomobil kirib kelgan. 

Voqea sodir bo‘lgan hududda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston

Baholaganlar

223

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing