Pokistonda ikkita poyezd to‘qnashishi natijasida 36 kishi qurbon bo‘ldi 

Olam

image

Pokistonda bugun, 7 iyun kuni ikkita yo‘lovchi poyezdi to‘qnashdi. Natijada 36 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Samaa TV” qutqaruvchilarga asoslanib.  

Boshqa bir manbaning xabariga ko‘ra, hodisa tufayli 60 dan ortiq odam jarohat olgan. Fojia Sind provinsiyasining Gotki shahri yaqinidagi temir yo‘l stansiyalari o‘rtasida sodir bo‘lgan. Temir yo‘l vakilining aytishicha, bir poyezd relsdan chiqib ketgan ikkinchi poyezdga borib urilgan. 

Pokiston temir yo‘llari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, halokat natijasida to‘rtta vagon relsdan chiqib ketgan. Biroq, Gotki viloyati komissari o‘rinbosari Usmon Abdulla to‘qnashuv tufayli 14 ga yaqin vagon ag‘darilib ketganini ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, oltitadan sakkiztagacha vagonlar “butunlay yo‘q bo‘lib ketgan”. 

Favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan joyda politsiya, harbiylar va qutqaruvchilar ishlamoqda. Ushbu hududdagi voqeadan keyin poyezdlar harakati to‘xtatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

poezd Pokiston

Baholaganlar

37

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing