Pokistonda ikkita poyezd to‘qnashishi natijasida halok bo‘lganlar soni ortdi
Olam
−
08 iyun 2021
3713Avvalroq, Pokistonning Sind provinsiyasidagi Gotki shahri yaqinidagi temir yo‘l stansiyalari o‘rtasida ikkita yo‘lovchi poyezdi to‘qnashgani xabar qilingandi. Hodisada 36 kishi qurbon bo‘lgandi.
Bugun, 8 iyun holatiga Pokistondagi poyezdlar to‘qnashuvida qurbon bo‘lganlar soni 62 nafarga yetdi. Hozirgacha 100 dan ortiq kishi jarohat olgan. Bu haqda mamlakat Temir yo‘l transporti vazirligiga asoslanib xabar berilgan.
OAV ma’lumotiga ko‘ra, yana 11 kishining jasadi topilgan. Jarohatlanganlarning ba’zilari og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda.
Hozirga qadar to‘qnashuv sodir bo‘lgan hududda poyezdlar harakati qayta tiklangan. Pokiston armiyasi ishtirokida qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.
Pokiston temir yo‘llari boshqarmasi boshlig‘i Muhammad A’zam Xon Svati hodisa yuzasidan har tomonlama tekshiruv o‘tkazilib, aybdorlar jazolanishini ma’lum qildi.
LiveBarchasi