Pokistonda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi. YTHda 27 kishi halok bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Pokistonning shimoli-sharqidagi Panjob viloyatida bugun, 19 iyul kuni yo‘lovchi avtobusi va yuk tashuvchi avtomobil to‘qnashib ketdi. Oqibatda kamida 27 kishi halok bo‘ldi va yana 30 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Xinhua” yangiliklar agentligi xabar berdi.  

Ta’kidlanishicha, voqea Dera Gazi Xon shahrida sodir bo‘lgan. 

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, provinsiyaning Rajanpur aholi yashash punktidan Sialkot shahriga ketayotgan avtobus tezlikni oshirib yuborgan, natijada u aylanma yo‘l yaqinida yuk tashuvchi avtomobilga urilgan. Yaradorlar eng yaqin shifoxonaga yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 iyun kuni Pokistonning Sind provinsiyasidagi Gotki shahri yaqinidagi temir yo‘l stansiyalari o‘rtasida ikkita yo‘lovchi poyezdi to‘qnashgandi. Oqibatda 30 dan ortiq kishi halok bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Pokiston

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing