Pokistonda 16 qavatli bino yonib ketdi (video)
Olam
−
12 mart 2023 5785 1 daqiqa
Pokistonning Karachi shahrida joylashgan 16 qavatli ofis binosida kuchli yong‘in yuz berdi. Bu haqda “Ren.Tv” xabar berdi.
Videodan ko‘rish mumkinki, bino birinchi qavatdan to 16-qavatgacha butunlay yonib ketgan. Hozirda qutqaruvchilar voqea joyida ishlamoqda.
Yong‘in sabablari, halok bo‘lganlar, jarohatlanganlar soni hamda hodisaning boshqa tafsilotlari aniqlanmoqda.
Karachi Pokistonning eng gavjum shahri bo‘lib, uning hududida 20 milliondan ortiq odam yashaydi.
Live
Barchasi