Pokiston O‘zbekistonga go‘sht yetkazishni boshladi

Jamiyat

image

Pokiston Islom Respublikasi O‘zbekistonga go‘sht yetkazib berishni boshladi. Umumiy qiymati 40 ming dollarlik go‘shtning birinchi partiyasi (18 tonna) kelasi hafta Toshkentga yetib keladi. Mart oyida yana 50 ta konteynerda go‘sht (jami 900 tonna) jo‘natilishi kutilmoqda.

Pokistonning Shaheen kompaniyasi rahbari Malik Sher Xonning ta’kidlashicha, Pokiston imtiyozli savdo to‘g‘risidagi shartnomalar tuzilganidan keyin O‘zbekiston bozoriga diqqat qarata boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, 4 mart kuni ikki davlat o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi. Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Imron Xon tovar ayirboshlash hajmini 500 million dollarga yetkazish imkoniyati borligini ta’kidlab, Transafg‘on temir yo‘lini yanada rivojlantirishga kelishib olgan edi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston bir necha yillardan buyon transport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish va mintaqaviy aloqalarni rivojlantirish choralarini ko‘rmoqda. Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, “Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” t/y qurilishi Pokistonni Markaziy Osiyo bilan bog‘laydigan, O‘zbekistonni Karachi, Gvadar va Qosim portlariga olib chiqadigan eng yaqin, arzon va xavfsiz yo‘lak yaratadi.

Bundan tashqari, 2021 yil noyabr oyida O‘zbekistondan birinchi tranzit yuk Pokistonga yetib borgan edi. Pokiston tomoni buni “hamkorlikning yangi davrining boshlanishi” deb baholagan.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston go'sht

Baholaganlar

471

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing