Chaqalog‘ini 10 mln so‘mga pullagan shaxs qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida o‘z farzandini 10 million so‘mga sotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh Prokuratura Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Shahrisabz shahar, “Ipak-yo‘li” M.F.Y.da yashovchi fuqaro N.Q. 2019 yil 8 aprel kuni tug‘ilgan qiz farzandini fuqaro J.R.ga 10 mln so‘mga sotib, o‘z xohishi bilan sotganligi haqidagi tilxatni yozib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing