Pokiston mamlakatdagi yana bir millionga yaqin afg‘onni haydab chiqarmoqchi

Olam

image

Pokiston rasmiylari deportatsiyaning ikkinchi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rishga kirishdi, bu esa 1 millionga yaqin odamni Afg‘onistonga qaytarishni nazarda tutadi. Bu haqda bugun, 25 mart kuni "Dawn" gazetasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, mahalliy hokimiyat va huquq-tartibot idoralariga Islom respublikasi hududida yashovchi “Afg‘oniston fuqarolik kartalari” (ACC) egalari ro‘yxatini shakllantirish jarayonini tezlashtirish topshirilgan. Bu jarayon 30 aprelgacha yakunlanishi kutilmoqda. Afg‘onistonliklarni vataniga qaytarish joriy yilning yoz oylarida boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Pokiston 2023 yilning noyabr oyidayoq mamlakatdan hujjatsiz xorijliklarni deportatsiya qilishni boshlagan edi. Hukumat 1,7 million kishini tashkil etuvchi barcha noqonuniy afg‘on qochqinlariga 1 noyabrgacha mamlakatni tark etishni buyurgan. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, bu davrda 800 mingdan ortiq Afg‘oniston fuqarosi Pokistonni tark etgan. Dekabr oyida esa Eronning 16 viloyatidan afg‘onlar chiqarib yuborilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston deportatsiya afg'onlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing