Pokiston Hindiston harbiy samolyotlarini urib tushirdi

Olam

image

Bugun, 27 fevral kuni Pokiston Harbiy havo kuchlari mamlakat hududiga kirgan Hindiston HHKning ikkita qiruvchi samolyotini urib tushirdi. Bu haqda TASS Pokiston Qurolli kuchlari Matbuot kotibi general-mayor Asif G‘ofurga tayanib xabar berdi.

Asif G‘ofurning qayd etishicha, hind samolyotlaridan birining uchuvchisi asir olingan.

“Hindiston HHK samolyotlari belgilangan chegaradan o‘tdi. Pokiston HHK Hindistonning ikki samolyotini urib tushirdi. Samolyotlardan biri Ozod Jammu va Kashmir (Kashmir viloyatining Pokiston nazoratidagi tan olinmagan davlat) hududiga tushdi, ikkinchisi Kashmirning Hindiston nazoratidagi qismiga tushdi. Hind uchuvchilaridan biri yerda qo‘lga olindi”, degan Asif G‘ofur.

Hozirda Pokiston o‘z havo hududini har qanday xalqaro parvozlar uchun yopib qo‘ydi.

Hindiston va Pokiston munosabatlari joriy yilning fevral oyi o‘rtalarida Jammu va Kashmir shtatida yuz bergan voqea ortidan yomonlashdi. Shtatda Politsiyaning markaziy zahira kuchlari (Hindiston kuch tuzilmalarining yirik harbiylashtirilgan bo‘linmasi)  avtokolonnasiga hujum uyushtirilgan.

Terrorchi-hudkush bomba to‘ldirilgan avtomobilda harbiylarni olib ketayotgan avtobusga kelib urilgan. Hujum uchun javobgarlikni “Jaish-ye-Muhammad” guruhi o‘ziga olgan.

Ma’lumot uchun, Hindiston va Pokiston 1947 yildan beri Kashmirning bahsli hududi sababli urush holatida bo‘lib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston-Pokiston

Baholaganlar

104

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made