Pokiston Bosh vaziri Suriyadagi turk armiyasi xarakatlariga munosabat bildirdi
Olam
−
15 fevral 2020
5719Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon Turkiyaning Suriyadagi harakatilariga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi. Bu haqda kecha, 14 fevral kuni "Anadolu" agentligi xabar berdi.
Imron Xon Islomobodda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan bo‘lgan uchrashuvda Turkiyaning Suriyadagi xarakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirib o‘tdi. “Yaqinda Suriyada Turkiyaga qarshi hujumlar uyushtirildi. Pokiston bu masalada har doim Turkiyani qo‘llab-quvvatlaydi ", deydi Imron Xon.
Eslatib o‘tamiz, bir necha shaharlar Suriya hukumati nazoratiga o‘tgandan so‘ng mamlakatning Idlib shahri asosiy jang maydoniga aylandi. U yerda nafaqat Turkiya, balki Suriya kuchlari va qisman Rossiya harbiylari ham bor. So‘nggi kunlarda Suriya va Turkiya kuchlarining o‘zaro harakatlari faollashdi. Hozirda turk kuchlari shaharni o‘z nazorati ostida olib turibdi.
10 fevral kuni Turkiya o‘z askarlarining Idlibda halok bo‘lgani sababli Suriyaga javob zarbasini bergan edi. Zarba oqibatida 101 suriyalik xarbiy halok bo‘ldi. Xususan, Turkiya tomoni Suriya kuchlari tomonidan kuzatuv postini o‘qqa tutishi natijasida besh kishining o‘lgani va yana besh nafar turk askarining jarohat olgani haqida xabar bergan.
Avvalroq, Erdo‘g‘an Idlibda bo‘lib turgan Turkiya armiyasining maqsadini aytgan edi.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi