Pokiston Afg‘oniston bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirdi
Olam
−
18 fevral 2022 5627 1 daqiqa
Pokiston joriy yilning fevral oyida Afg‘oniston hududidan terrorchilarning davom etayotgan hujumlari munosabati bilan Afg‘oniston bilan g‘arbiy chegara himoyasini kuchaytirdi. Bu haqda “The Express Tribune” Pokiston Mudofaa vazirligidagi manbalarga tayanib xabar bergan.
“So‘nggi haftalarda bir qator hujumlardan so‘ng Pokiston qurolli kuchlari askarlari Afg‘oniston chegarasida razvedka va harbiy amaliyotlarni kuchaytirishga majbur bo‘ldi”, deyilgan xabarda.
Pokiston harbiylariga ko‘ra, Afg‘onistondan kirib kelgan isyonchilar so‘nggi bir oy ichida kamida 14 pokistonlik askarni o‘ldirgan.
Manbalarning aytishicha, xavfsizlik nuqtai nazaridan Pokiston Afg‘oniston bilan chegarada muhandislik to‘siqlari qurishda davom etmoqda, shuningdek, qat’iy chegara nazorati tizimini joriy qilmoqda. Pokiston Ichki ishlar vaziri Shayx Rashid Ahmadga ko‘ra, Afg‘oniston bilan chegaradagi to‘siqlar qurilishi 90 foizdan ko‘proq yakunlangan.
Ma’lumot o‘rnida, Pokiston transchegaraviy terrorizm va “Tehrik-i-Pakistan” jangarilarining Pokiston hududiga kirib kelishining oldini olish uchun 2017 yilda Afg‘oniston bilan 2611 kilometrlik chegarani asbob-uskunalar bilan ta’minlashni boshlagan. Hozirgacha chegaraning 800 kilometrdan ortiq qismida chegarachilar uchun to‘siqlar va 388 ta o‘q otish punkti qurilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr