Pokiston ham Erdo‘g‘anni Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi
Olam
−
05 yanvar 2023 4181 1 daqiqa
Pokiston Senati Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni Ukraina inqirozini hal qilishdagi sa’y-harakatlari sabab Tinchlik uchun Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi. Bu haqda kecha, 4 yanvar kuni Pokiston qonun chiqaruvchi organi qaroriga tayanib, “Anadolu” agentligi xabar berdi.
“Tinmas sa’y-harakatlar, har ikki tomon bilan o‘z vaqtida va samarali hamkorlik qilish tufayli Erdo‘g‘an bir o‘zi global falokatning oldini oldi”, deya Pokiston Senati spikeri Sodiq Sanjranining Norvegiya Nobel qo‘mitasiga so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik.
Turkiya parlamenti spikeri Mustafo Shentop o‘tgan hafta Erdo‘g‘anning nomzodi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ko‘rsatish tashabbusi bilan chiqqanini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Turkiya rahbari nomzodi “Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘rsatilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr