Pogba uzoq muddatga safdan chiqdi

Sport

image

“Manchester Yunayted” va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba mashg‘ulotlarda son mushaklaridan jarohat oldi va terma jamoa bazasini tark etdi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda. 

Manba bergan xabarga ko‘ra, 28 yoshli fransuz tez kunda Manchesterga qaytadi va u yerda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Qayd etilishicha, yarim himoyachi 8-10 haftani o‘tkazib yuborishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Pogba Angliya Premer ligasining joriy mavsumida 13 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot o‘rnida, Fransiya terma jamoasi shu oy o‘rtalarida 2022 yilgi Jahon chempionati saralashi doirasidagi navbatagi uchrashuvlarni o‘tkazadi. Desham shogirdlari 14 noyabr kuni o‘z maydonida Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi maydonga tushsa, 17 noyabrda Finlyandiyaga safar uyushtiradi.

6 o‘yindan so‘ng 12 ochko jamg‘argan “ uch ranglilar” “D” gurhida 1-o‘rindan joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Manchester Yunayted Futbol Pol' Pogba

Baholaganlar

23

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing