Pogba MYUni tark etishi mumkin
Sport
−
17 noyabr 2021
3266Agent Mino Rayola mijozi Pol Pogba qishki transferlar vaqtida “Manchester Yunayted”ni tark etishi mumkinligiga ishora qildi.
“Pogbaning kelajagi haqida so‘rayapsizmi? Dekabr bu orzular oyi va men odamlarga tush ko‘rishni taqiqlay olmayman. Hozircha Pol haqida gapirmaslikni tavsiya qilaman. “Manchester Yunayted” muxlislari va mutaxassislar biz haqimizda gapirmaganlarida, ayni paytda ishlamayotgan bo‘lardik. Pogbaning shartnomasi haqida gapirishga hali erta. Ammo, men odamlarni orzu qilishdan to‘xtata olmayman”, deydi Rayola.
Eslatib o‘tamiz, Pogbaning “qizil iblislar” bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. FIFA qoidalariga ko‘ra, 1 yanvardan boshlab futbolchi boshqa klublar bilan muzokara olib borishi va hattoki xorijiy jamoalar bilan birlamchi shartnoma tuzishi mumkin bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Angliya Premer ligasining joriy mavsumida Pogba 9 o‘yin o‘tkazib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.