Pochettino MYUni boshqarishi mumkinmi? So‘z murabbiyga

Sport

image

PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino kelajakda “Manchester Yunayted”ni boshqarishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga javob berdi.

“Men PSJda juda baxtliman. Biz mish-mishlarga o‘rganib qolganmiz va bu yaxshi belgi. Shunday qilib, g‘aroyib ishlarni qilyapmiz. Ammo soxta xabarlar yaratmaymiz yoki ulardan foydalanmaymiz”, deydi Pochettino.

Eslatib o‘tamiz, 49 yoshli argentinalik mutaxassis Fransiyada ishlashni yoqtirmasligi va uning o‘zi kelasi yil yozda Angliyaga qaytishga qarshi emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Ma’lumot uchun, kecha, 26 noyabr kuni PSJga egalik qiluvchi Qatar qirollik oilasi vakili Xalifa bin Hamad Al-Tani o‘zining Twitter’dagi sahifasida Zidan bilan kelishuvga erishilgani va tez orada klub bu haqda rasman e’lon qilishi haqida bayon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Parij PSJ MYu Rochettino Zadan

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing