Pochettino Messining PSJga o‘tishi borasida qanday fikrda?

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino “Barselona” forvardi Lionel Messining transferi borasida fikr bildirdi. Bu haqda “Marca” nashri yozmoqda.

“Klubni takomillashtirish rejasi bor. Agar Messi bilan ishlash imkoniyati berilsa, bu juda ajoyib bo‘lardi. Ammo kelajakda nima bo‘lishi noma’lum. Messi bilan yo‘llarimiz kesishadimi, buni bilmayman”, deydi parijliklar murabbiyi Pochettino.

Eslatib o‘tamiz, Messining “ko‘k-anorranglilar” bilan shartnomasi joriy yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. O‘tgan yilning yozgi transferlar oynasida Messi klubdan ketishga urinib ko‘rgan edi. Argentinalik hujumchi uchun asosiy da’vogarlar – “Manchester Siti” va PSJ. Leo joriy mavsumda 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 2 ta golli uzatma bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Messi PSJ Pochettino

Baholaganlar

67

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing