Pochettino Manchesterni boshqarish niyatida
Sport
−
22 noyabr 2021
3972PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino “Manchester Yunayted”ni boshqarishi mumkin. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.
49 yoshli argentinalik mutaxassis Fransiyada ishlashni yoqtirmaydi va uning o‘zi kelasi yil yozda Angliyaga qaytishga qarshi emas. Ayni paytda mutaxassis MYU taklifini qabul qilmoqchi.
Qayd etilishicha, PSJ rahbariyati murabbiyni ishdan bo‘shatish niyatida emas, ammo Pochettino jamoani tark etishga qaror qilsa, uning o‘rniga parijliklar Zinedin Zidanni olib kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 noyabr kuni “Qizil iblislar” Ole Gunnar Sulsher bilan shartnomani bekor qilgan edi. Klubning sobiq futbolchisi Maykl Kerrik vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritadi.
Avvalroq, Pochettino Parij klubi safida yulduz futbolchilar bilan ishlashda duch keladigan qiyinchiliklar haqida gapirib o‘tgan edi.