Pochettino hozirgi “Chelsi”ning eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi

Sport

image

“Chelsi” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino London jamoasining eng yaxshi futbolchisi kimligini ma’lum qildi.

“Palmer “Chelsi”ning eng yaxshi futbolchisi. U hamma uchun namuna. Ko‘rib turibsizki, jamoa qiynalayotganda futbolchilar ko‘pincha Palmerga to‘pni uzatadi”, deydi Pochettino.

Palmer “Manchester Siti” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi o‘tgan yilgi yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida 47 million yevro evaziga «Chelsi»ga o‘tdi.

Bu mavsumda yarim himoyachi londonliklar safida barcha turnirlarda 38 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining London klubi bilan shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, uning narxi 55 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Maurisio Pochettino Palmer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing