Pnevmoniyadan davolanayotgan Xonobod shahar hokimi vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 29 sentyabr kuni Andijon viloyati Xonobod shahar hokimi Musajon Mo‘minjonovich Mamadaliyev vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lumotlarga qaraganda, 49 yashar Musajon Mamadaliyev bir necha kundan buyon pnevmoniya xastaligidan davolanayotgan bo‘lgan. 

Ma’lumot o‘rnida, u 1971 yilda Shahrixon shahrida tavallud topgan. 

1994 yilda Farg‘ona politexnika instituti (sirtqi), 2003 yilda Toshkent moliya instituti (sirtqi), 2009 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. 

Musajon Mamadaliyev:

•    1991-1995 yillarda – Andijon viloyati Shahrixon to‘qimachilik fabrikasi chilangari;

•    1995-1995 yillarda –  Andijon viloyati Shahrixon atlas fabrikasi chilangari;

•    1995-1998 yillarda – Andijon viloyati Bo‘z tumani yong‘inga qarshi kurashish jamiyati hisobchisi;

•    1998-2004 yillarda –  Andijon viloyati Shahrixon tumani Davlat soliq inspeksiyasi jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi inspektori, uchastka soliq inspektori, savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarini nazorat qilish bo‘limi inspektori, bosh inspektori, qisqa muddatli tekshirishlar o‘tkazish va bozorlar faoliyatini nazorat qilish sho‘’basi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi, sho‘’ba boshlig‘i;

•    2004-2007 yyillarda – Andijon viloyati Shahrixon tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari;

•    2007-2007 yillarda – Andijon viloyati Bo‘z tumani Davlat soliq inspeksiyasi jismoniy shaxslarga soliq solish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i-boshliq o‘rinbosari;

•    2007-2008 yillarda – Andijon viloyati Bo‘z tumani tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari;

•    2008-2012 yillarda – Andijon viloyati Buloqboshi tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i;

•    2012-2014 yillarda – Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i;

•    2014-2014 yillarda – Andijon viloyati Shahrixon  tumani “Mustafo bog‘i erami” fermer xo‘jaligi rahbari;

•    2014-2016 yillarda – Andijon viloyati hokimligi sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi;

•    2016-2017 yillarda – Andijon viloyati hokimligi tadbirkorlik va ishbilarmonlik muxitini rivojlantirish guruhi rahbari;

•    2017-2017 yillarda – Andijon viloyati hokimligi tadbirkorlik va ishbilarmonlik muxitini rivojlantirish, eksportga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash guruhi rahbari bo‘lib ishlagan. 

2017 yildan buyon Andijon viloyati Xonobod shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi. 


Maqola muallifi

Teglar

Pnevmoniya Musajon Mamadaliev

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing