274 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi, 4 bemor koronavirusdan vafot etdi
Jamiyat
−
11 iyul 2021
6735Kecha yurtimizda 485 nafar kishida koronavirus, 274 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi
O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq holat o‘tgan yilning iyul – avgust oylarida kuzatilgani kabi xavfli tus olib bormoqda. Kecha, 10 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 115 ming 963 nafarni tashkil etmoqda. Kechaning o‘zida respublika bo‘ylab 485 nafar yangi bemor aniqlandi. Shuningdek, yana 274 kishida pnevmoniya aniqlangan.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 51 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
• 16 nafari Andijon viloyatida;
• 22 nafari Buxoro viloyatida;
• 36 nafari Jizzax viloyatida;
• 19 nafari Qashqadaryo viloyatida;
• 9 nafari Navoiy viloyatida;
• 15 nafari Namangan viloyatida;
• 35 nafari Samarqand viloyatida;
• 18 nafari Sirdaryo viloyatida;
• 25 nafari Surxondaryo viloyatida;
• 19 nafari Farg‘ona viloyatida;
• 14 nafari Xorazm viloyatida;
• 52 nafari Toshkent viloyatida;
• 154 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida 274 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kecha kun davomida:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 54 nafar;
• Andijon viloyatida 24 nafar;
• Buxoro viloyatida 15 nafar;
• Jizzax viloyatida 51 nafar;
• Qashqadaryo viloyatida 15 nafar;
• Navoiy viloyatida 11 nafar;
• Namangan viloyatida 16 nafar;
• Samarqand viloyatida 92 nafar;
• Sirdaryo viloyatida 29 nafar;
• Farg‘ona viloyatida 56 nafar;
• Xorazm viloyatida 10 nafar;
• Toshkent viloyatida 39 nafar;
• Toshkent shahrida 18 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 111189 (+430) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 771 nafarni tashkil qildi.
LiveBarchasi