Po‘lat Bobojonov va Otabek Murodov atrofidagi mish-mishlar o‘z tasdig‘ini topmadi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodovning iste’foga chiqarilgani va uning o‘rniga IIV rahbari Po‘lat Bobojonov tayinlangani haqida xabarlar tarqaldi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati mazkur xabarlar asossiz ekanini ta’kidladi.

“Bosh prokuraturada Otabek Murodov rahbarligida doimgidek faoliyat ketmoqda. Hech bir uydirma gapga o‘rin yo‘q!”, dedi Bosh prokuratura Matbuot xizmati.

O‘zAning yozishicha, Po‘lat Bobojonov o‘z faoliyatini davom ettiryapti va bugun vazirlik tizimida mehnat qilayotgan xotin-qizlarga tabrik yo‘llagan.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Murodov Po'lat Bobojonov

Baholaganlar

563

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing