Plastik chiqindilar Yer sayyorasining eng olis burchagiga ham yetib bordi

Bu qiziq

image

Avstraliyalik tadqiqotchilar birinchi marta Antarktidaning sharqiy sohilidagi dengiz muzida plastik mikropartikullarni topishdi. Arktik muzlikdagi topilmalarga qaraganda zarrachalarning kattaroq hajmi ifloslanish manbai mahalliy ekanligini tasdiqladi. Tadqiqot tavsifi “Marine Pollution Bulletin” ilmiy jurnali tomonidan e’lon qilindi. Tasmaniya universiteti matbuot xizmati bu haqida qisqacha yozib o‘tdi.

“Agar plastik zarralar Yerning eng chekka burchaklaridan biri, odamlar doimiy yashamaydigan joy – Antarktida topilgan bo‘lsa, demak plastik chiqindilar yetib bormagan biror joy qolmagan”, deya izoh berdi Tasmaniya universiteti tarkibiga kiruvchi Dengiz va Antarktika tadqiqotlari instituti talabasi Anna Kelli.

Tadqiqotchilar o‘rgangan muzlik bo‘lagi 2009 yilda Antarktidaning sharqiy sohilidan olingan. Olimlar uni eritib 14 xil polimer - poliyetilen, poliyester, neylon va boshqalarga tegishli bo‘lgan 96 ta mikroplastikani aniqlashdi.

“O‘rtacha plastmassa miqdori litr uchun 12 tadan zarrachani tashkil etdi. Bu zarralar Arktika muzida ilgari mavjud bo‘lganidan kattaroq edi. Bu ifloslanish manbai mahalliy ekanligidan dalolat beradi, chunki uning parchalanish vaqti kam”, deydi Kelli. Tadqiqotchining so‘zlariga ko‘ra, zarrachalarning manbasi sayyohlar va tadqiqotchilarning kiyim-kechagi va jihozlari, shuningdek, baliqchilar bilan bog‘liq bo‘lgan narsalar bo‘lishi mumkin.

Olimlar izlanishlarini davom ettirishni rejalashtirmoqda. Bu yil shakllangan Antarktika muzlarini o‘rganish orqali ular so‘nggi o‘n yil ichida ifloslanish darajasi oshganmi yoki yo‘qligini aniqlashmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Antarktida

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing