“Plague Inc” o‘yinida dunyoni pandemiyadan qutqarish rejimi paydo bo‘ladi

Olam

image

"Plague Inc" o‘yinida dunyoni yo‘q bo‘lib ketishdan saqlab qolish rejimi joriy qilinadi. Bu haqda ilovaning rasmiy saytida xabar berildi.

"Biz ushbu o‘yin rejimini Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari bilan birga ishlab chiqayapmiz", deyiladi xabarda.

"Plague Inc" – bu bakteriya va viruslardan foydalangan holda, kasalliklarni butun dunyoga tarqatish kerak bo‘lgan strategik o‘yin hisoblanadi. Unda siz ma’lum kasallikni boshqarasiz. O‘yinda g‘olib bo‘lish uchun butun dunyo aholisini kasallik sabab yo‘q qilish kerak bo‘ladi.

Biroq COVID-19 koronavirusining tarqalishi fonida, o‘yin teskari rejimni qo‘llashga qaror qildi. Endi geymerlar infeksiyalarning tarqalishini iloji boricha kechiktirishlari, dori-darmonlarni qabul qilishlari, karantinga rioya etishlari va butun dunyo bo‘ylab sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilashlari kerak bo‘ladi. 

Bundan tashqari, "Plague Inc" ishlab chiqaruvchilari koronavirusga qarshi kurash uchun 250 ming dollar ajratdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Plague Inc

Baholaganlar

92

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing