Piyodaning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 30 yanvar kuni soat taxminan 22:30 da Toshkent viloyatining Parkent tumanida Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborib, voqea joyidan yashiringan, natijada 1996 yilda tug‘ilgan A.N. olgan tan jarohati tufayli vafot etgandi.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi 1966 yilda tug‘ilgan haydovchi A.S. sodir etgani aniыlangandi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 117- va 266-moddasining tegishli qismlariga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Parkent sudi tomonidan mazkur yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq ish ko‘rib chiqildi. Bu O‘zA xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha Parkent tumani sudi tomonidan ayblanuvchi S.Mirsaidov Jinoyat kodeksining 117-moddasi 2-qismi va 266-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlar bo‘yicha aybdor deb topilgan. Mirsaidovga nisbatan 5 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, aybdor 3 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

sud YTH

Baholaganlar

78

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing