Piyoda yurganlarga pul to‘lash tartibi belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori  bilan “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, O‘zbekiston hududida bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston fuqarolarining platformadagi elektron hamyoniga 3 ming so‘mdan o‘tkaziladi.

Hududlar kesimi bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxslarga har oyda:

•    tuman (shahar)da – 300 ming so‘m;
•    viloyatlar va Toshkent shahrida – 500 ming so‘m;
•    Respublika bo‘yicha – 1 mln so‘m qo‘shimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga o‘tkaziladi.

Platformada fuqarolarning yurgan qadamlari hisobi soat 00:00 dan 23:59 gacha yuritiladi.

Mobil ilovadan foydalanish uchun fuqarolar Google Play Market yoki AppStore internet do‘konlaridan mobil ilovani yuklab olishi hamda Android operatsion tizimida Google Fit, iOS operatsion tizimida HealthKit ilovalarini mobil qurilmalariga o‘rnatishi lozim.

Buning uchun fuqarolar id.egov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib autentifikatsiya va identifikatsiyasini amalga oshirishlari lozim.


Maqola muallifi

Teglar

piyoda yurish

Baholaganlar

1303

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing