10 ming qadam yurganlarga qachondan pul to‘lanishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

“Sog‘lom turmush tarzi” platformasi joriy yilning 1 iyunidan boshlab to‘liq ishga tushadi va belgilangan miqdorda pul mablag‘lari ajratiladi. Bu haqda turizm -huquqiy axborot portali ma’lum qildi.

Platforma 10 maydan uzbektourism.uz saytida test-rejimida ishga tushgan, biroq test rejimida foydalanganlik uchun mablag‘ ajratilmaydi.

Turizm-huquqiy axborot portali mobil ilovani yuklab olish, 10 ming qadam yurganlarni pul to‘lovchini qanday amalga oshirish bo‘yicha ma’lumot bergan.

Mobil ilovani qanday yuklab olsa bo‘ladi?

Mobil ilovadan foydalanish uchun fuqarolar Google Play Market yoki Appstore internet do‘konlaridan mobil ilovani yuklab olishi hamda “Android” operatsion tizimida Google Fit, iOS operatsion tizimida HealthKit ilovalarini mobil qurilmalariga o‘rnatishi lozim.

10 ming qadam yurgan fuqarolar uchun pul to‘lovlari qanday amalga oshiriladi?

Mobil ilova avtomatik tarzda qadamlarni hisoblaydi. Nizomga muvofiq, O‘zbekiston hududida bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston fuqarolarining platformadagi elektron hamyoniga 3 ming so‘mdan o‘tkaziladi.

10 ming qadamdan oshiq yursa ham kuniga 3000 so‘m to‘lab beriladimi?

Kun davomida 10 ming qadamdan oshiq yursa ham 3000 so‘mdan pul to‘lovlari o‘tkazib beriladi, ammo oy davomida ko‘p yurgan qadamlar hisoblanib, hududlar kesimi bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxslarga har oyda:

•    tuman (shahar)da – 300 ming so‘m;
•    viloyatlar va Toshkent shahrida – 500 ming so‘m;
•    respublika bo‘yicha – 1 mln so‘m qo‘shimcha ravishda platformadagi hamyonga o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi faoliyatini tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi faoliyatini tashkil etish chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

piyoda yurish

Baholaganlar

572

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing