Pit Hegset Eronning yangi Oliy rahnamosi mayib bo‘lganini aytdi (video)

Olam

image

Eronning yangi Oliy rahnamosi Sayyid Mujtabo Xomanaiy “yaralangan va katta ehtimol bilan mayib bo‘lgan” (yuzi/tanasi shikastlangan). Bu haqda bugun, 13 mart kuni AQSH Mudofaa vaziri Pit Hegset jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Hegset jurnalistlarga Mujtabo Xomanaiy omma oldida ko‘rinish bermayotgani sababli, katta ehtimol bilan uning yuz qiyofasi shikastlanganini aytdi.

“Bizga ma’lumki, yangi “unchalik ham oliy bo‘lmagan” rahnamo yaralangan va ehtimol, mayib bo‘lib qolgan”, deydi Pit Hegset.

Hegset kecha, 12 mart kuni Eron davlat televideniyesi orqali o‘qib eshittirilgan Mujtaboning yozma bayonotiga ishora qilib, nima uchun uning ishtirokidagi video yoki audioyozuv yo‘qligi bilan qiziqqan.

“O‘ylaymanki, buning sababini o‘zingiz yaxshi bilasiz”, deydi u.

AQSH Mudofaa vaziri Mujtaboning “qo‘rqib qolgani“ va “yarador” ekanini da’vo qilmoqda. Hegsetning so‘zlariga ko‘ra, Oliy rahnamo “qochib yuribdi” va “qonuniy asosga ega emas”.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 mart kuni Eronning yangi Oliy rahnamosi ilk rasmiy bayonot bilan chiqqandi. U mojaro davom etgan taqdirda va Eron manfaatlarini hisobga olgan holda, AQSH va Isroilga qarshi urushda yangi frontlar ochish imkoniyatini inkor etmagan.

Oldingi rahnamo Ali Xomanaiy – Mojtabo Xomanaiyning otasi – 28 fevral kuni Isroil va AQSHning Islom Respublikasiga bergan zarbalari oqibatida halok bo‘lgan edi. Mamlakat rasmiylari uning o‘limini 1 martga o‘tar kechasi tasdiqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Pit Hegset Sayyid Mujtabo Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing