AQSHda sobiq harbiyning qatl etilishi jonli efirda ko‘rsatiladi

Olam

−

image

Kecha, 8 oktyabr kuni AQSH Mudofaa vaziri Pit Hegset yangi tarixda ilk bor harbiy bazada sodir etilgan jinoyat uchun sobiq askar otish orqali qatl etilishini ma’lum qildi. Bu haqda u “Real America's Voice” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi. 

Qayd etilishicha, 2009 yilda Fort-Hudda 13 kishini o‘ldirgani sobiq armiya mayori Nidal Malik Hasan joriy yilning 3 dekabr kuni qatl etilishi kerak. Oq uy uning jinoyatlarini terrorchilik harakati deb atagan. Pentagon marosim to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda uzatilishini bildirdi.

AQSHda qariyb bir asrdan beri ommaviy qatllar o‘tkazilmagan edi va hukumat tomonidan uning onlayn translyatsiya qilinishi misli ko‘rilmagan qadam jiddiy bo‘ladi.

“U lozim bo‘lganidek otib tashlanadi. Odamlar shu kabi harakatlar uchun jiddiy oqibatlar ko‘zda tutilganini tushunishlari uchun biz buni hamma ko‘ra olishini va u oshkora bo‘lishini ta’minlaymiz”, deydi Hegset.

Hasan Prezident Donald Trampga afv so‘rab murojaat qilgani yoki qilmagani haqidagi savolga Xegset: “Biz u bilan 3 dekabrda ko‘rishamiz”, deya javob bergan.

Otishma sodir bo‘lgan vaqtda armiya tibbiyot korpusi psixiatri bo‘lgan Nidal Hasan 2013 yil avgustida harbiy sudga topshirilgan, aybdor deb topilgan va o‘lim jazosiga hukm qilingan.

Ma’lumot uchun, harbiy xizmatchilar tomonidan amalga oshirilgan so‘nggi qatl 1961 yilda sodir bo‘lgan: armiya safidag askar Jon Bennett zo‘rlash va qotillikka suiqasd uchun osib o‘ldirilgan. Ushbu qatllar cheklangan guvohlar doirasida o‘tkazilgan va translyatsiya qilinmagan.

Nidal Malik Hasan – AQSH armiyasining sobiq mayori va harbiy psixiatr. 2009 yil 5 noyabrda u Fort-Hud bazasidagi harbiy xizmatchilarni tayyorlash markazida o‘t ochgan. Hujum oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, yana 32 kishi jarohat olgan. Hasanning o‘zi qo‘lga olish paytida yaralangan va o‘shandan beri nogironlar aravachasida harakatlanadi.

Hujum paytida Hasan Afg‘onistonga yuborilishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan. Sud jarayonida u amerikalik harbiy xizmatchilarning musulmon mamlakatlaridagi urushlarda ishtirok etishiga qarshi ekanini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Nidal Hasanni otishma guruhi orqali qatl etishni ma’qullagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing