Piskentda avariyaga uchragan yuk mashinasi ichida qisilib qolgan fuqaro qutqarildi (video)
3-sahifa
−
15 aprel
2852Bugun, 15 aprel kuni Toshkent viloyatining Piskent tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida fuqaro avtomobil ichida qolib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 04:49 da viloyat FVBga 112 qisqa raqami orqali A-373 avtomobil yo‘lining Piskent tumani hududidan o‘tgan qismida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani, uning oqibatida haydovchi avtomobil saloni ichida qisilib qolgani va unga amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, haydovchi qutqarilgan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifokorlarga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida Isuzu yuk avtomobili DAF rusumli yuk avtomobilining orqasiga urilgandi va kabina ichida qolib ketgan Isuzu haydovchisi qutqarilgandi.
LiveBarchasi