Tramp kutilmaganda Afg‘onistonga keldi
Olam
−
29 noyabr 2019
11623AQSH Prezidenti Donald Tramp kutilmaganda Afg‘onistonga tashrif buyurdi. Maqsad bu yerda xizmat o‘tayotgan amerikalik askarlar bilan uchrashish va ularni Shukronalik kuni bilan tabriklash. Bu Trampning Afg‘onistonga ilk tashrifi.
AQSH Prezidenti Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani bilan ham muzokara o‘tkazdi. Uchrashuvdan so‘ng Tramp jurnalistlarga “Tolibon” harakati tinchlik kelishuvi imzolashga intilayotganini ma’lum qildi.
“Biz ular bilan uchrashyapmiz va ularga o‘q otishlar to‘xtashi kerakligini aytyapmiz. Ular o‘q otishni to‘xtatgisi kelmagandi. Hozir esa ular buni xohlayapti. Bu amalga oshishiga ishonaman”, dedi Donald Tramp.
Uning tashrifidan bir hafta avval AQSH va toliblar asirlarni almashishga kelishib olgandi. Kuzatuvchilar bu muzokaralarning qayta yo‘lga qo‘yilishiga imkon ekaniga ishonch bildiryapti.
Donald Tramp Afg‘onistonga tashrifi vaqtida Amerika bu yerdagi harbiy kontingentini sezilarli qisqartirishini bildirdi. Ammo hozircha tafsilotlar noma’lum.
LiveBarchasi