Pirillayapti, orqaga bura – Senat majlisi nega onlayn ko‘rsatilmayotgani aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshlaganiga sal kam ikki soat bo‘ldi. Senat raisi Tanzila Norboyeva navbatdagi, shuningdek besh yillik faoliyat davridagi so‘nggi yalpi majlis to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish qilinishini va’da qilgan edi. Ammo onlayn translyatsiyadan darak yo‘q.

Oliy Majlis Senati Matbuot xizmati yalpi majlis nima uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etilmayotganiga aniqlik kiritdi. 

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma beshinchi yalpi majlisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatish masalasida texnik nosozliklar borligini ma’lum qilamiz. Ayni vaqtda ushbu texnik nosozliklar bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda. 


Maqola muallifi

Teglar

Senat 25-yalpi majlis

Baholaganlar

206

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing