“Piramida” dam olish maskani sotuvga qo‘yildi
Jamiyat
−
15 iyun 2021
12712Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Chorvoq oromgohi” dam olish maskanini sotish ishlari boshlandi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqario‘ agentligi xabar berdi.
Oromgoh 8 ta alohida lotlarga bo‘lgan holda ommaviy savdolarga chiqariladi.
Davlat aktivlarini sotish ikki bosqichda o‘tkaziladi.
Bunda:
birinchi bosqichda – talabgorlar oldindan malakalanadi (saralanadi), jumladan, savdolarda qatnashish uchun talab qilingan hujjatlarning to‘liqligi, zakalat puli kelib tushganligi, davlat aktivlaridan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabga nisbatan talabgor tomonidan taklif etilgan biznes konsepsiyasi loyihasining maqbul yoki maqbul emasligi ko‘rib chiqiladi;
ikkinchi bosqichda – talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.
Mulkni sotib olgan shaxsga davlat aktivlaridan kelgusida mehmonxona yoki boshqa turizm infratuzilmasi ob’ektini barpo etish talabi qo‘yiladi.
LiveBarchasi