Pike firibgarlikda ayblanmoqda

Sport

image

“Barselona”ning sobiq himoyachisi Jerar Pike Ispaniya Superkubogini Saudiya Arabistonida o‘tkazish bo‘yicha shartnoma tuzish chog‘ida korrupsiya ishiga aralashgan. Bu haqda  AFP xabar berdi.

2018 yilda Pikega tegishli Kosmos kompaniyasi vositachiligida Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasining o‘sha paytdagi prezidenti Luis Rubiales tomonidan 40 million yevrolik shartnoma imzolangan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha sud ishi ko‘rilmoqda.

Sudning ma’lum qilishicha, “Kosmosga yiliga 4 million yevro miqdorida komissiya to‘lash kafolatlangan” bandni o‘z ichiga olgan shartnoma “jinoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklarni” o‘z ichiga oladi.

Shu munosabat bilan sud ispaniyalik sobiq futbolchini firibgarlikda ayblab, rasmiy tergov olib borilayotgan shaxslar guruhiga kiritdi.

Qayd etish joiz, Ispaniya huquq-tartibot idoralari tergovni 2022 yilda, Rubiales va Pike o‘rtasidagi ko‘p millionli mukofot pullarni muhokama qilayotgan suhbat yozuvi ommaga oshkor bo‘lgach, boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Jerar Pike

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing