PFL jazirama issiq vaqtiga belgilagan o‘yinda debyutant amaldagi chempionni mag‘lub etdi

Sport

image

Kecha, 21 iyun kuni O‘zbekiston Superligasining joriy mavsum 12-tur o‘yinlariga Samarqand shahrida start berildi.

Tur doirasida mahalliy "Dinamo" klubi Toshkentning "Lokomotiv" klubini qabul qildi. PFL tashkiloti iyun oyi o‘rtasida jazirama issiqni hovuri ketmay turib, soat 18:00da uchrashuvning boshlanishini belgilab bergan edi.

Aytilgan vaqtda uchrashuv boshlandi. Samarqanda shahrida joylashgan stadionning ustki qismi ochiq bo‘lganligi tufayli quyosh shundoq muxlislar ustiga "olov purkab" turardi. Shu tufayli o‘yinni tomosha qilish uchun kam sonli ishqibozlar "Dinamo"ning g‘alabasiga maydondan guvohlik qilishdi. 

Birinchi bo‘limda havo harorati sababmi yoki boshqa ta’sirlar natijasidami futbolchilarning o‘yini unchalik qovushmadi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida, 61-daqiqada Qadamboy Nurmetov mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan uch daqiqa o‘tib Temurxo‘ja Abduxoliqov o‘rtadagi muvozanatni tenglashtirdi. 72 daqiqada samarqandliklarga g‘alaba keltirgan yakuniy gol ham Nurmetov hisobiga yozildi.

"Dinamo" ushbu g‘alabadan keyin turnir jadvalida "Surxon" jamoasini quvib o‘tgan holda, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

“Dinamo” – “Lokomotiv” 2:1 (0:0, 2:1).
Samarqand shahri, “Dinamo” stadioni.

Hakamlar: Olim To‘ychiboyev, Ravshan Kopadze, Shoxruh A’zamov, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Laziz Qo‘chqorov

Gollar: 1:0 – Qadamboy Nurmetov (61), 1:1 – Temurxo‘ja Abduxoliqov (64), 2:1 – Qadamboy Nurmetov (72).

“Dinamo”: 1.Botirali Ergashev, 2.Mirkomil Loqayev, 4.Hakimjon A’lamxonov, 7.Jasur Azimov (6.Akmal Xolmurodov, 80), 11.Qadamboy Nurmetov (20.Siroj Hamroyev, 85), 16.Bobur Qosimov, 21.Damir Temirov (28.Obidjon Hakimov, 19), 23.Sardor Eminov, 24.Jasurbek O‘rinov, 27.Ixtiyor Toshpo‘latov, 34.Shohruh Abdurahmonov.

“Lokomotiv”: 35.Javohir Ilyosov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Azizbek Haydarov (75.Vladislav Fomin, 83), 8.Jamshid Iskanderov, 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev (77.Diyorjon Turopov, 59), 23.Yovan Jokich (14.Azizbek Amonov, 46), 24.Davronbek Hoshimov, 33.Oleg Zoteyev, 71.Arslanmirat Amanov, 88.Igor Yelich.


Maqola muallifi

Teglar

Lokomotiv Superliga Dinamo

Baholaganlar

15

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing