Toshkentdagi “ximchistkalar“ faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi kimyoviy tozalash muassasalari qayta yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda kecha, 18 aprel kuni shahar hokimiyati Matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Toshkent shahar aholisi talab va ehtiyoji hamda xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganish xulosalaridan kelib chiqib, poytaxtimizdagi kimyoviy tozalash muassasalari faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishga ruxsat berildi“ deyiladi xabar.

Ta’kidlanishicha, faoliyatini qaytadan boshlaydigan kimyoviy tozalash muassasalari karantin talablari va ishni qayta tiklash bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalarga to‘liq amal qilishi talab etiladi. Shuningdek, ish boshlashdan avval muassasa hamda xizmatga jalb qilingan xodimlar SEOM tekshiruvidan o‘tishi shart.

Shuningdek, aholi zarur bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmasligi lozimligi talabidan kelib chiqib, bunday turdagi tashkilotlarga buyurtmalarni olib ketish hamda yetkazib berishni tashkil qilish tavsiya etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Karantin

Baholaganlar

98

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing