Pezeshkiyon va Jaliliy prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichiga chiqdi
Olam
−
29 iyun 2024
6052Erondagi prezidentlik saylovlarining barcha byulletenlarini sanab chiqish natijalariga ko‘ra birinchi bosqichida islohotchi Mas’ud Pezeshkiyon va konservativ Said Jaliliy yetakchilik qilmoqda. Bu haqda respublika saylov shtabi vakili Muhsin Islomiy ma’lum qildi.
Nomzodlardan hech biri 50 foizdan ko‘proq ovoz olmagani uchun Pezeshkiyon va Jaliliy 5 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan ikkinchi turda kurashadi.
Muhsin Islomiyning IRIB telekanalida ma’lum qilishicha, barcha 58,6 ming saylov uchastkasida 24,5 million ovoz sanab chiqqach, Pezeshkiyon 10,4 million ovoz to‘pladi. Respublika Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi Eron ruhiy rahbarining vakili Jaliliy esa 9,5 mln ovoz olgan.
- Mas’ud Pezeshkiyon - 42,45%
- Said Jaliliy - 38,61%
- Muhammad Bag‘er G‘olibaf – 13,79%
- Mustafo Purmuhammadiy - 0,84%
Eslatib o‘tamiz, Eron Oliy yetakchisining Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi vakili Said Jaliliy, parlamentning amaldagi spikeri Muhammad Bag‘er G‘olibaf, Eron sobiq sog‘liqni saqlash va tibbiy ta’lim vaziri, parlament a’zosi Mas’ud Pezeshkiyon hamda sobiq ichki ishlar vaziri, din arbobi Mustafo Purmuhammadiy nomzodi ovoz berish jarayoniga qo‘yilgandi.
LiveBarchasi