Peterburgda O‘zbekiston fuqarosiga qasd qilgan millatchilar qo‘lga olindi

Olam

image

Sankt-Peterburgning Krasnogvardeyskiy tuman sudi kecha, 19 sentyabr kuni ikki fuqaroni etnik sabablarga ko‘ra qotillik qilishga urinishda ayblab hibsga oldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Hozirda Krasnogvardeyskiy tuman sudi Roman Kulev va Vladislav Smolikovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular O‘zbekiston fuqarosiga hujum qilgan. Smolikov jabrlanuvchining yuziga ko‘zdan yosh oqizuvchi moddani purkagan. Kuliyev uning ko‘krak qismiga pichoq sanchgan.

Ayblanuvchilar so‘roq qilish jarayonida ko‘rsatma berishdan bosh tortdi, ayblarini tan olmadi. Profilaktika chorasi sifatida ular 2019 yil 16 noyabrgacha hibsda bo‘ladi. 

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh tergov boshqarmasi 16-17 sentyabrga o‘tar kechasi Sredneoxtinskiy prospektidagi uylardan birining yonida O‘zbekiston fuqarosiga hujum qilgan, shundan so‘ng jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan. Jinoiy ish "etnik sabablarga ko‘ra qotillikka urinish" moddasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan.

Huquqni muxofaza qiluvchi manbaning so‘zlariga ko‘ra, hibsga olinganlar moskvalik.
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston fuqarosi Sankt Peterburg

Baholaganlar

31

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing