Peterburg yaqinida kuchli portlash sodir bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Sankt-Peterburgning shimoli-sharqiy chekkasidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda kuchli portlash sodir bo‘ldi, so‘ng yong‘in boshlandi. Voqea guvohlari surat va videolarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.

Leningrad viloyati rasmiylariga ko‘ra, portlash Vsevolojsk tumanidagi Berngardovka qishlog‘i yaqinidagi gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan.

Ayni paytda ikki qutqaruv guruhi yong‘inni o‘chirish bilan shug‘ullanmoqda. Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko yong‘inning turar-joylarga tarqalishi xavfi yo‘qligini va dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim jabrlanmaganini ma’lum qildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, portlash va yong‘in gaz quvuridagi bosim pasayganligi sababli sodir bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg

Baholaganlar

402

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing