Peskov referendumdan keyin Ukrainani nima kutayotganini aytdi
Olam
−
26 Sentabr 2022
40924Moskva referendumlardan so‘ng Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xerson viloyatlarining bir qismi ustidan nazoratni tiklashga urinishlarini Rossiya hududlariga qilingan hujum deb baholaydi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
"Albatta", deydi Dmitriy Peskov jurnalistlarning tegishli savoliga javob berib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Donetsk, Lugansk, shuningdek, Rossiya tomonidan nazorat qilinadigan Zaporoje va Xerson viloyatlarining bir qismi Rossiya tarkibiga kirganidan keyin u yerda Rossiya Konstitutsiyasi ishlay boshlaydi.
"Agar ushbu hududlarning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi to‘g‘risidagi akt mavjud bo‘lsa, demak, konstitutsiyamizning tegishli qoidalari allaqachon ishlaydi", deya qo‘shimcha qildi u.
Bir kun oldin o‘zini Donetsk xalq respublikasi deb tanitayotgan bo‘lginchilar rahbari Denis Pushilin Donetsk shimolida Ukraina qurolli kuchlarining qarshi hujumi ehtimolini istisno qilmasligini aytdi.
"Dushman juda jiddiy kuchlarni birlashtirdi", deydi u videomurojaatida.
Ma’lumot uchun, 23 sentyabr kuni Ukrainaning Donetsk (tan olinmagan DXR), Lugansk (tan olinmagan LXR), Xerson va Zaporoje viloyatlarida rossiyaparast kuchlar boshchiligada bir tomonlama RFga qo‘shilish bo‘yicha referendumlar boshlandi. Ovoz berish 27 sentyabrgacha davom etadi.
Tan olinmagan DXR va LXRda ovoz berish byulletenida “respublikaning Rossiya Federatsiyasi ta’sis sub’ekti sifatida Rossiya tarkibiga kirishini” qo‘llab-quvvatlaydimi yoki yo‘qmi degan savol “ovozga” qo‘yilgan.
Zaporoje va Xerson viloyatlarida esa “Siz Ukrainadan ajralib chiqish, mintaqaning mustaqil davlat tashkil etishi va Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi tarafdorimisiz?” degan savol “ovoz”ga qo‘yilgan.
Ukraina hududlarida bir tomonlama referendum o‘tkazilishiga G‘arb davlatlari, hatto Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlamagan Turkiya ham qoraladi. G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritilishini, NATO esa Ukrainani qo‘llab-quvvatlash kuchaytirilishini ma’lum qildi.
LiveBarchasi