Peskov Putinning xobbisi nima ekanini ma’lum qildi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov "AiF"ga bergan intervyusida Vladimir Putinning sevimli mashg‘ulotlari haqida gapirib berdi.  

Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, Putinning asosiy sevimli mashg‘uloti bu kitob o‘qishdir. 
Peskov Putin tarixiy adabiyotlar va memuarlar o‘qishni afzal ko‘rishini aytgan. 

Peskov, shuningdek, Prezident chet el telekanallarini tomosha qilishini va haftada bir necha marta ingliz tilini o‘rganishini aytgan. 

“Har kuni emas, lekin, albatta haftada bir necha marta u ingliz tilini o‘rganadi. Bu qisqa mashg‘ulotlar bo‘ladi", degan Peskov. 

Shuningdek, Peskov Putinning gazetalarga obuna bo‘lishini va ularni o‘z qarorgohida ham, sayohatlarda ham o‘qishini ma’lum qilgan. 

Prezident Matbuot kotibi davlat rahbari press-dayjestni ham kuzatishini qo‘shimcha qilgan.

"Gazetalar unga Kremlda ham, Novo-Ogaryovoda ham keladi. Ular u biron joyga uchib ketayotganda ham samolyotda bo‘ladi", degan Peskov.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Peskov

Baholaganlar

320

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing