Peskov Lukashenko Putinning huzuriga kelayotganini tasdiqladi
Olam
−
16 fevral 2023 4264 1 daqiqa
Rossiya va Belarus rahbarlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenkoning ertaga, 17 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, u Novo-Ogaryovoda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Ikki Prezident Putin va Lukashenkoning ertangi uchrashuviga tayyorgarlik masalasiga kelsak, ha, bunday uchrashuv tayyorlanayotganini tasdiqlashim mumkin”, deydi Kreml matbuot kotibi.
Peskovning ma’lum qilishicha, uchrashuv haqiqatan ham Novo-Ogaryovo (Moskva viloyati)da bo‘lib o‘tadi, bu batafsil suhbat bo‘ladi.
“Kameralar ushbu suhbatning boshlanishini suratga olishi mumkin, an’anaviy tarzda bir necha birinchi iboralar almashinuvi mavjud bo‘ladi”, deya qo‘shimcha qildi Rossiya Prezidenti matbuot kotibi.
Prezidentlar muloqotining asosiy qismi yopiq eshiklar ortida o‘tadi.
Avvalroq Lukashenko Putin bilan ertaga, 17 fevral kuni uchrashishini aytgandi. Belarus ommaviy axborot vositalari tomonalarning 5 fevral kuni bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti yakunlariga ko‘ra, davlat rahbarlari yaqin orada uchrashuv sanasini belgilashga kelishib olganlarini ma’lum qildi. Shuningdek, aprel-may oylarida Rossiya va Belarus Ittifoq davlati Oliy Davlat Kengashining yig‘ilishi ham rejalashtirilgan.