Peskov ko‘plab davlatlar Rossiyaga tish qayrashda quyushqondan chiqayotganini aytdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujum sabab inkor etayotgan ko‘plab davlatlar quyushqondan chiqmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytib o‘tgan.

“Darhaqiqat, biz ko‘plab mamlakatlar ba’zi chegaralardan o‘tayotganini ko‘ryapmiz. Chaykovskiyni inkor etish mumkinmi? Bu taqiqlangan. Rossiyani inkor etish mumkinmi? Bu taqiqlangan. Sizga yoqadimi yoki yo‘qmi, bu shunchaki mumkin emas. 

Aytgancha, Litva bayrog‘ini baland ko‘targan o‘sha Litva terma jamoasida o‘ynagan sportchilar qo‘lga kiritgan mukofotlarini inkor etish mumkinmi? Mumkin emas. Siz buni farmon bilan bekor qilishingiz mumkin, ammo inkor qilishning iloji yo‘q", deydi u "Rossiya-1" telekanali efirida Litva Prezidenti Gitanas Nausedaning figurali uchuvchilar Margarita Drobyazko va Povilas Vanagasni 2000 yilda Sochida Tatyana Navkaning "Oqqush"  shousida ishtirok etgani uchun berilgan Litva davlat mukofotlaridan mahrum qilish haqidagi qaroriga izoh berar ekan.

Peskovning ta’kidlashicha, sportchilarni mukofotlardan mahrum qilinishiga qaramay, ularga muxlislik qilish davom etaveradi, shu jumladan Litvada ham.

“Baribir  ularning ijodini, sportini sevadigan va hayratlanadigan odamlari topiladi”, deydi Prezident matbuot kotibi.


Maqola muallifi

Teglar

Peskov

Baholaganlar

383

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing