Peskov: Kremlda hech kim Putinning vorisi haqida o‘ylamayapti

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining vakolat muddati nihoyasiga yetsa, uning o‘rniga mamlakatni kim boshqaradi? Bu savolga javob butun Rossiya jamiyatini qiziqtirishi mumkin. Teleboshlovchi Dmitriy Kesyolovning fikricha, Putin o‘ziga voris qidirmoqda. 

"Vladimir Putinning Prezidentlik vakolat muddati tugashiga hali erta. Bunga hali vaqt bor, shuning uchun hech kim uning Kremldagi vorisi haqida o‘ylamaydi", dedi jurnalistlarga Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

"Prezident saylovlari hali ancha oldinda, biz Prezidentlik siklining boshlang‘ich bosqichidamiz", dedi u. "Shuning uchun endi bu (mumkin bo‘lgan merosxo‘r) haqida hech kim o‘ylamaydi, hozir hamma qattiq mehnat qilmoqda", deya ta’kidladi Peskov. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasida so‘nggi bor Prezidentlik saylovlari 2018 yilning 18 martida bo‘lib o‘tgan. Vladimir Putinning Prezidentlik vakolati 2024 yilda tugaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Peskov Putining vorisi Kesyolov

Baholaganlar

57

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing