Peruda favqulodda holat e’lon qilindi

Olam

image

Peru hukumati sobiq Prezident Pedro Kastilo tarafdorlari tomonidan o‘tkazilayotgan norozilik namoyishlari tufayli 15 yanvardan boshlab mamlakatning ayrim hududlarida favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda “LaRepublica” gazetasi xabar berdi.

“2023 yilning 15 yanvaridan boshlab Puno, Kusko, Lima, Kalyao viloyatlarida, Apurimak viloyatining Andauaylas provinsiyasida, Tambopata va Tauamanu provinsiyalari hamda Madre-de-Dios viloyati, Mariskal-Neto provinsiyasidagi Torata shahrida 30 kalendar kun muddatga favqulodda holat e’lon qilindi”, deyiladi xabarda.

Ichki tartib Peru milliy politsiyasi va qurolli kuchlar tomonidan ta’minlanadi.

Shuningdek, Puno shahri aholisiga soat 20:00 dan 04:00 gacha uylarini tark etish taqiqlanadi. Taqiq o‘n kun davomida amal qiladi.

Malumot uchun, 2022 yil dekabrida Peru Prezident Pedro Kastilo iste’foga chiqdi. Va uning o‘rniga Dina Boluarte hokimiyatga keldi. Shundan so‘ng, sobiq mamlakat rahbari davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanib, hibsga olindi.

Bunga javoban mamlakatda muddatidan oldin saylov o‘tkazish talabi bilan hukumatga qarshi namoyishlar boshlandi. Kastilo tarafdorlari muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish, parlamentni tarqatish va Boluarte iste’fosini talab qilmoqda.

Joriy yilning 7 dekabr kuni Peru Kongressi Pedro Kastiloga impichment e’lon qildi. Peru sudi sobiq Prezident Pedro Kastiloni davom etayotgan tergov munosabati bilan 18 oyga qamoq jazosiga hukm qildi.  2022 yil 15 dekabr kuni Argentina, Kolumbiya, Boliviya va Meksikaning mamlakatdagi elchilari ushbu davlatlar hibsga olingan Pedro Kastiloni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

namoyish Peru Pedro Kastil'o

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing