Peru Prezidentiga impichment e’lon qilindi
Olam
−
08 dekabr 2022
3293Peru Prezidenti Pedro Kastiloga mamlakat Kongressi tomonidan impichment e’lon qilindi. Qaror 101 nafar kongressmen tomonidan ma’qullandi. Bu haqda RPP radiosining eshitirishida xabar berilgan.
Peru Konstitutsiyasiga muvofiq impichmentni ma’qullash uchun Kongress a’zolarining 87 nafari va parlament a’zolarining uchdan ikki qismi ovoz berishi kerak edi.
Davlat rahbarining vakolatlari vitse-prezident Dina Boluartega o‘tadi.
Qayd etilishicha, Kastilo korrupsiyada ayblangan. U doimiy axloqsizligi tufayli lavozimidan chetlashtirilgan. Hozir siyosatchi hibsga olingan. Oldinroq Kastilo o‘ziga impichment e’lon qilish masalasini ko‘rib chiqishni rejalashtirgan parlamentni tarqatib yuborishga uringandi. Bundan tashqari, u Peruda soat 22:00 dan 4:00 gacha komendantlik soati joriy etdi. Shuningdek, Prezidentning oila a’zolari ham jinoiy ishlarga qo‘l urganlikda gumonlangan. Ularning ayrimlari allaqachon qamoq jazosiga hukm qilingan.
Ma’lumot uchun, Kastilo 1969 yilning 19 oktyabrida tug‘ilgan. U 2021 yilgi prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida o‘ng qanot yetakchisi Keyko Fuximorni mag‘lub etdi. Kastilo 2021 yilning 28 iyulida Peru Prezidenti lavozimiga kirishgan.
LiveBarchasi