Permda Markaziy Osiyodan kelgan tuproq zarralari bilan qor yog‘di
Olam
−
23 noyabr 2023
9268Permda Markaziy Osiyodan kelgan kulrang-sariq tuproq zarralari bilan qor yog‘di. Bu haqda Ural Gidrometeorologiya va atrof-muhit monitoringi boshqarmasi xabar berdi.
“Perm shahrida qor qoplamida kulrang-sariq qobiq paydo bo‘ldi, bu katta ehtimol bilan Markaziy Osiyoning hozirda qor bo‘lmagan mintaqalaridan (Qozog‘istonning Kaspiybo‘yi mintaqalari, O‘zbekiston shimoli va Turkmaniston) tuproq zarralarini hududga olib chiqish oqibatida yuzaga kelgan", deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zarralar Permda siklon bilan paydo bo‘lgan, hozirda juda katta hududlarda bunday ob-havo kuzatilmoqda.
"Siklon oqibatida ko‘tarilgan zarralar qor va muzli yomg‘ir bilan aralashib, Permga yetib bordi, u yerda so‘nggi 24 soat ichida kuchli qor va muzli yomg‘ir yog‘di. Jumladan, Kama markazida kecha va bugun tushdan keyin minus 5-6 daraja haroratda muzlagan yomg‘ir yog‘gan, shundan so‘ng muzlash jarayonida qobiq paydo bo‘ldi", deya tushuntirgan Ural Gidrometeorologiya markazi.
Qayd etilishicha, shu yilning 20 noyabr kuni kechqurun Kamada kuchli qor yog‘ishi boshlangan.
Shuningdek, sinoptiklar bir necha yil ichidagi eng kuchli muzli ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi.
LiveBarchasi