Japarov Putinga hamdardlik bildirdi

Olam 33934
image

Bugun, 20 sentyabr kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Rossiya rahbari Vladimir Putinga Permdagi fojia qurbonlari munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

“Qirg‘iziston Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Prezidentiga Perm universitetida sodir bo‘lgan otishma oqibatida halok bo‘lganlar munosabati bilan hamdardlik bildirdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Japarov qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan va jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilagan. 

“Men chuqur afsus bilan Perm davlat milliy tadqiqot universitetiga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida odamlar qurbon bo‘lgani haqidagi qayg‘uli xabarni qabul qildim”, deya qayd etgan Japarov o‘zining Telegram kanalida.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 20 sentyabr kuni ertalab 18 yoshli talaba Perm davlat milliy tadqiqot universiteti hududida otishma uyushtirdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, 24 kishi jarohatlangan.

Farruxjon Murodqulov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1192
Reyting: 3
t
×