Peresning sirli transferi kim ekani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres kelasi hafta “Bavariya” futbolchisi Maykl Olise transferi uchun 150 million yevro taklif qiladi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi. 

Avvalroq, “qirollik klubi” rahbari joriy yilning 9 iyun kuni klub tarixidagi eng yirik transfer taklifini bildirishini aytgan edi. Biroq Peres bu futbolchi Olise emasligini ta’kidlagan.

Manbaga ko‘ra, fransuz futbolchisining ehtimoliy transferi oson kechmaydi, chunki “Bavariya”ga futbolchilarni sotishdan tushadigan mablag‘ kerak emas.

O‘tgan mavsumda Olise barcha musobaqalarda 52 ta o‘yinda ishtirok etib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining klub bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. “Transfermarkt” ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 150 million yevroga teng.


Maqola muallifi

Teglar

Florentino Peres “Bavariya” Maykl Olise

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing